Osteopat
Eurosun Healthcare klinikasida Osteopatiya
Osteopatiya bu anatomiyaga va fiziologiyaga asoslangan tibbiy yo‘nalish bo‘lib, unda tashxis va davolash usullari qo‘llar yordamida amalga oshiriladi.
Osteopatiyaning maqsadi — to‘qimalar va a’zolarning harakatchanligini tiklash, tanadagi zo‘riqishni kamaytirish hamda og‘riq yoki noqulaylikning ildiz sababini bartaraf etishdir.


Kasallikning diagnostikasi va davolash:
Osteopatiya qanday holatlarda yordam beradi?
📍 Tayanch-harakat tizimi:
Bel, bo‘yin va pastki orqa og‘riqlari
Bosh og‘rig‘i, migren, bosh aylanishi
Harakatlardagi qotish, mushaklardagi qisilish
Qomat buzilishi, jarohatlardan keyingi holatlar
Orqa disk protruziyasi, churralar, artroz, osteoxondroz
📍 Ichki a’zolar:
Ovqat hazm qilish buzilishlari, ichakda gaz to‘planishi, qabziyat
Diafragma spazmlari, qorin sohasidagi noqulaylik
Surunkali charchoq, uyqusizlik
Imunitetning pasayishi, vegetativ qon-tomir distoniyasi
📍 Ayollar salomatligi:
Hayz ko‘rishda og‘riq
Operatsiyalardan keyingi holatlar, bitishmalar (spayka)
Tug‘ruqdan keyingi tiklanish, tos sohasini normallashtirish
📍 Emotsional va psixosomatik holatlar:
Kuchaygan xavotir, bezovtalik
Diqqatning susayishi, charchoqlik
Stressdan keyingi holat, hissiy charchoq
Osteopatiya nimalar beradi?
- O‘tkir va surunkali og‘riqlarni kamaytiradi
- Qon aylanishi va limfa oqimini yaxshilaydi
- Organlar va tizimlar faoliyatini me’yorlashtiradi
- Tana harakat erkinligini qaytaradi
- Asab tizimini muvozanatlashtiradi
- Ichki tiklanish mexanizmlarini ishga tushiradi
Osteopatiya — bu harakat ilmi. Tana to‘g‘ri harakat qilsa — u sog‘lom bo‘ladi.
Agar tanangiz “to‘xtab qolgandek”, charchagan yoki og‘riyotgandek tuyulsa — balki unga yana erkinlik berish vaqti kelgandir.